Allegri jamoa maqsadini aytdi

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Inter» bosh direktori Juzeppe Marottaning avvalroq «keksa sinyora»ni Skudettoning joriy mavsumdagi asosiy favoriti deb atagan so‘zlariga izoh berdi.

«Marotta «Yuventus»ni Skudetto uchun favorit deb atadimi? Raqiblarning bunday gapirishi odatiy hol.

Maqsadimiz may oyi oxirigacha imkon qadar ko‘proq ochko to‘plash va kuchli to‘rtlikdan joy olish. Keling, ertangi «Milan»ga qarshi o‘yindan zavqlanaylik», — dedi Allegri matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter