Allegri «Milan»da jiddiy qoidalar o‘rnatdi
Massimiliano Allegri faoliyatida ikkinchi marta «Milan» bosh murabbiyi lavozimini egalladi. «Rossonerilar»ni qabul qilib olgan Allegri jamoa uchun qat’iy qoidalar o‘rnatdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport’ga tayanib, Transfer News Live xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Allegri uchrashuvlar, ovqatlanish va kiyinish xonasida smartfonlarni taqiqlagan. «Milan» ustozi kechikish uchun futbolchini «Barselona»dagi Xans-Diter Flik kabi ma’lum muddatga chetlatadi. Shuningdek, Allegri futbolchilarni vaznni nazorat qilishga chaqirdi – jamoa bazada nonushta va tushlik qilishi kerak.
O‘tgan Italiya chempionatida «Milan» sakkizinchi o‘rinni egallab, yevrokuboklardan quruq qolgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/