Grizmann: «Olise har gal to‘pga tegsa, jamoaga hujumkor nimadir olib keladi»

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann terma jamoadagi sherigi Maykl Olisening sifatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Olise har gal to‘pga tegsa, jamoaga hujumkor nimadir olib keladi. U o‘ng va markazda o‘ynay oladigan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi.

U terma jamoaga chaqiruv olganidan beri bizga ko‘p foyda keltirdi», – dedi Grizmann.

Eslatib o‘tamiz, Olise o‘tgan mavsumda «Kristal Pelas» safida harakat qildi va 19 ta uchrashuvda 10+6 natijani qayd etdi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter