A Seriya klubi Sanchoni ishontirishga harakat qilmoqda

«Manchester Yunayted» futbolchisi Jeydon Sancho hamon «Roma»ning transfer nishoni bo‘lib turibdi.

25 yoshli futbolchi «qizil iblislar» uni sotishga tayyor ekanliklariga qaramay, rimliklarning taklifini qabul qilmadi. Jurnalist Alfredo Pedullaning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, transfer hali ham amalga oshishi mumkin. «Roma» vakillari angliyalik vinger bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Tez orada yangi muzokaralar bo‘lib o‘tadi va «bo‘rilar» rahbariyati yakunda o‘yinchi rozilik bilan javob qaytarishini kutmoqda.

Jeydon Sanchoga da’vogarlar orasida «Yuventus», Dortmundning «Borussiya», «Beshiktosh» va boshqa klublar bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter