«Yuventus» futbolchisi Saudiya Arabistonidan tushgan yiliga 12 million yevrolik maoshni rad etdi

Manuel Lokatelli «Al Ahli»ga o‘tishdan bosh tortdi.

Saudiya Arabistoni klubi «Yuventus»ning 27 yoshli yarim himoyachisi uchun taklifni 35 million yevroga oshirdi, deb xabar berdi jurnalist Nikolo Skira.

Italiyalik futbolchi 12 million yevro va 2028 yilgacha bonuslar olishi kerak bo‘lgan kelishuvdan voz kechdi.

Manuel Lokatelli o‘tgan mavsum A Seriyada 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter