Ansu Fati Saudiya klubi taklifini rad etdi
Hammasi Ansu Fati mavsumning ikkinchi qismida «Barselona»da qolishini ko‘rsatmoqda. Futbolchiga o‘yin vaqti kam berilmoqda va Kataloniya klubi, agar matbuotga ishonadigan bo‘lsak, Fatining ketishi ustida faol ishlayotgan edi. Biroq 22 yoshli hujumchi qishda bir qancha takliflarni rad etdi.
Transfer News Live nashrining Sport nashri jurnalistiga tayanib xabar berishicha, yaqinda «Ash-SHabab» Fati uchun 15 million yevro taklif qilgan. Biroq Ansu Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi.
2024/2025 yilgi mavsumda Ansu Fati «Barselona» safida sakkizta o‘yinda maydonga tushgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/