Diyego Simeone «Barselona» va «Real» bilan raqobat haqida fikr bildirdi
Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liga yangi mavsumida «Barselona» va «Real» bilan raqobat haqida fikr bildirdi.
«Real» va «Barsa» bilan raqobat? Taqqoslashga bunchalik shoshilmagan bo‘lardim. Voqelik maydonda ko‘rinadi. Futbolchilar qog‘ozda yaxshi, ammo maydonda buni isbotlashlari kerak. Shundan keyin o‘zimizga munosib joyda bo‘lamiz», – dedi Diyego Simeone.
Bugun «Atletiko» liga doirasidagi ilk o‘yinda «Espanyol» mehmoni bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/