Diyego Simeone: «Chempionatdagi eng qiyin guruh bizniki edi»

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoasining klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan chiqib ketganiga izoh berdi.

«Matraschilar» guruhda «PSJ» va «Botafogo»dan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. Uchala jamoa ham oltitadan ochko to‘pladi, ammo madridliklarga gollar va o‘tkazib yuborilgan gollar farqi pand berdi.

«Odamlar bizni turnirni erta tark etganimizni aytishadi, ammo bizda eng qiyin guruh bor edi va biz faqat gollar farqi tufayli musobaqani tark etdik. Qiyinchiliklarga o‘rganib qolganmiz. La Ligada bizga «Barselona» va «Real» raqiblik qiladi, ammo biz doimiy ravishda Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olamiz,» – deya Simeonening so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter