Dembele 2025 yilda 37 ta o‘yinda 38 ta golda qatnashdi

UYEFA Superkubogi uchun kechgan bahsda Usmon Dembele golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi.

«PSJ» vingeri ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 4-daqiqada Gonsalu Ramushning goliga assistentlik qildi. Shu tariqa parijliklar «Tottenxem» bilan o‘yinda hisobni tenglashtirdi – 2:2.

2025 yilda «Oltin to‘p»ga da’vogarlardan biri 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, klub va Fransiya terma jamoasi safida 28 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter