Dembele 2025 yildagi 23-golini kiritdi

Usmon Dembele joriy yilda 23-golini urdi.

«PSJ» va Fransiya terma jamoasi vingeri Millatlar Ligasi 1/4 finalida Xorvatiyaga qarshi javob o‘yinining 80-daqiqasida gol urdi.

Dembele 2025 yilda 19-uchrashuvini o‘tkazdi. Yil boshidan beri fransuz hisobida 23 ta gol bor – avvalroq u Liga 1da 13 ta, Chempionlar Ligasida 7 ta, Superkubok va Fransiya Kubogida bittadan gol urgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter