Konate: «Dembele «Oltin to‘p»ga loyiq»
Ibraima Konate Usmon Dembele «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga ishonchi komil.
– Dembele ajoyib mavsum o‘tkazdi, boshqa so‘zim yo‘q. Uning bunday o‘ynashini hech kim kutmagandi. Usmon «Oltin to‘p»ga loyiq!
– «Oltin to‘p» uchun kurashda qaysi o‘yin hal qiluvchi hisoblanadi? Fransiya – Ispaniya (5 iyun kuni Millatlar ligasi yarim finali)? Bilmadim. Yamalga ham xuddi shunday savol berildi.
– Bilmadim, payshanba kungi o‘yinga hamma narsani tikish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Usmonning bu mavsumda qilgan ishlari ajoyib! U «Oltin to‘p»ga loyiq!
Yamalning iste’dodini nishonlash kerak, Messi buni yoshida qilganmi yoki yo‘qligini ham bilmayman, lekin hammasi payshanba kuni hal bo‘ladi deb ayta olmaymiz», – dedi «Liverpul» va Fransiya terma jamoasi himoyachisi.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» vingeri Dembele bir mavsumda klub bilan 4 ta sovrin, jumladan, Chempionlar ligasida zafar quchgan, finalda «Inter»ga qarshi o‘yinda (5:0) ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/