«Galatasaroy» «Arsenal» vingeriga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Londonning «Arsenal» klubi vingeri Leandro Trossard «Galatasaroy»ni jiddiy qiziqtirib qo‘ydi.
Belgiyalik futbolchining kelajagi noaniqligicha qolmoqda – uning «kanonirlar» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Transfer News Live nashri jurnalist Nevzat Dindarga tayanib xabar berishicha, 30 yoshli futbolchi hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan «Galatasaroy» short-listida yetakchilik qilmoqda.
O‘tgan oyda Leandro Trossarga Turkiyaning boshqa bir klubi – «Fenerbaxche» qiziqish bildirayotgandi. Shuningdek, «Napoli», «Atalanta» va Dortmundning «Borussiya» klublari ham da’vogarlar qatorida tilga olindi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, futbolchining narxi 22 mln yevroga teng.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/