Arteta: «Trossard – kichkina sehrgar»
Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Leandro Trossard «Vulverxempton»ga qarshi bahsda jamoasining birinchi golini urdi.
Bosh murabbiy Mikel Arteta shogirdining salohiyatiga yuqori baho berdi.
«Trossard ajoyib o‘yinchi. U kichkina sehrgar. U har qanday maydonda gol ura oladi va raqiblarga xavf tug‘diradi; juda xotirjam, juda zo‘r, u turli pozisiyalarda o‘ynay oladi. Uning jamoada bo‘lishi shunchaki quvonch keltiradi.
O‘ylashimcha, birinchi gol vaqti ham juda optimal edi. Men juda xursandman», – dedi murabbiy.
Manba: eurosport.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/