ATP reytingi. Top-10`da bitta o‘zgarish sodir bo‘ldi
Professional tennischilar Assosiasiyasi (ATP) ham haftalik yangi reytingni e’lon qildi.
Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bitta o‘zgarish kuzatildi. Amerikalik Ben Shelton va serbiyalik Novak Jokovich o‘zaro joy almashib olishgan. Qolgan tennis yulduzlari ikki hafta avvalgi o‘z o‘rinlarini saqlab qolishdi. Italiyalik Yannik Sinner katta farq bilan peshqadamligini davom ettirmoqda. Ispaniyalik Karlos Alkaraz ikkinchi, germaniyalik Aleksandr Zverev uchinchi o‘rinni band etgan.
ATP reytingi. 8 avgust holatiga ko‘ra Top-10:
1 (1) Yannik Sinner (Italiya) – 12030
2 (2) Karlos Alkaras (Ispaniya) – 8590
3 (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) – 6380
4 (4) Teylor Frits (AQSH) – 5525
5 (5) Jek Dreyper (Buyuk Britaniya) – 4650
6 (7) Ben Shelton (AQSH) – 4320
7 (6) Novak Jokovich (Serbiya) – 4130
8 (8) Aleks De Minaur (Avstraliya) – 3480
9 (9) Xolger Rune (Daniya) – 3340
10 (10) Lorenso Muzetti (Italiya) – 3235.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/