Jokovich «Katta Dubulg‘a»larda asosiy to‘rdagi ikkinchi eng yomon startini amalga oshirdi

Bugun, 26-yanvar kuni Australian Open-2024 turnirining 1/2 final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich Italiya vakili Yannik Sinner (dunyoning to‘rtinchi raketkasi) bilan o‘ynadi.

Uchrashuvning birinchi seti 6:1 hisobida Sinner foydasiga yakunlandi. Ikkinchi setda italiyalik 6:2 hisobida zafar quchdi.

Bu Novak Jokovichning «Katta Dubulg‘a» turkumidagi asosiy to‘rdagi ikkinchi eng yomon startiga aylandi.

Uning eng yomon starti rossiyalik Marat Safin bilan 2005 yilgi Avstraliya ochiq chempionatining birinchi davrasidagi o‘yinda sodir bo‘lgan. O‘shanda serb dastlabki ikki setda 0:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Eslatib o‘tamiz, Yannik Sinner to‘rt set (6:1, 6:2, 6:7, 6:3) yakuniga ko‘ra Novak Jokovichni mag‘lub etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter