Uimbldon. Novak Jokovich final ostonasida qoqildi
Uimbldon-2025 yakkalik yarim final uchrashuvlarida kutilmagan natijalar qayd etilmadi.
Jahonning birinchi raqamli raketkasi Yannik Sinner KDT turnirlar rekordchisi Novak Jokovichni uch setda mag‘lubiyatga uchratdi.
Shunisi e’tiborga molikki, Sinner Jokovichdan ketma ket to‘qqizta geymni yutib olmoqda.
O‘tgan yilgi champion esa unvonini himoya etish yo‘lida olg‘a yurishda davom etayapti. AQSHlik Teylor Fris ispan yulduzidan bitta setni yutib oldi. To‘rtinchi setda ikkita set-bolga ega bo‘ldi. Biroq g‘alabaga chanqoq Karlosni to‘xtatishning uddasida chiqa olmadi. Alkarasning KDTdagi ketma ket g‘alabalari soni 20 taga etdi. 21-yutuq Bosh sovrinni keltiradi…
Uimbldon-2025
Erkaklar. Yakkalik. Yarim final
Yannik Sinner (1) – Novak Jokovich (6) – 6:3, 6:3, 6:4.
Teylor Fris (5) – Karlos Alkaras (2) – 4:6, 7:5, 3:6, 6:7 (6).
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/