Yashari «Milan»ga qanday yordam berishi mumkin?

Shveysariyalik yarim himoyachi Ardon Yashari «Milan» jamoasining yangi a’zosiga aylandi va jurnalistlarga o‘zining klubga qanday hissa qo‘shishi mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

«Men jamoaga hujumda ham, himoyada ham jismoniy kuch bilan yordam bera olaman. Shuningdek, gol uchun hal qiluvchi uzatmalarni amalga oshirishga qodirman. Bular mening jamoaga eng ko‘p foyda keltira oladigan xususiyatlarimdir,» – deya Yasharining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.

Italiya chempionatining yangi mavsumi kelasi hafta oxirida start oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter