«Borussiya»ga qarshi bahsda «Atletiko»ga o‘z stadioni katta yordam berishi mumkin
Madridning “Atletiko” klubi bosh direktori Karlos Busero “matraschilar” Dortmundning “Borussiya”si bilan o‘yin haqida gapirdi.
“Stadionimiz ajoyib muhitga ega va birinchi o‘yinga mezbonlik qiladi. Raqib juda qiyin, ularning stadionida ham ajoyib muhit bor, lekin bizning stadion bundan ham yaxshiroq bo‘ladi.
Biz o‘z uyimizda o‘ynashni yoqtiramiz, raqiblarimiz bu bosimni his qilishmoqda. «Inter» bilan o‘yin muhim voqea bo‘ldi va biz bunday o‘yinlar tez-tez takrorlanishini istaymiz», – deya Buseroning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/