Kapello: «Vlaxovich bir mavsumda 20+ gol urishga qodir»
Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello Turinning «Yuventus» klubi markaziy hujumchisi Dushan Vlaxovichning A Seriyaning boshqa bir klubi – «Milan»ga o‘tishi borasida fikr bildirdi.
«Vlaxovich bir mavsumda 20+ gol urishga qodir. U buni Florensiyada qilgan, Turinda ham shunday ko‘rsatkichga yaqin edi. Dushan – jarima maydoni ichida qotil hujumchi. U yana o‘ziga ishonch hosil qilsa, gol urishni boshlaydi», – deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Gazzetta dello Sport.
25 yoshli markaziy hujumchi «Yuventus» bilan kelasi yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolagan. Uning transfer narxi 35 million yevroga baholanmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/