«Roma» yana yangi transfer rejalashtirmoqda

«Legiya» markaziy himoyachisi Yan Zyulkovski «Roma» futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar bermoqda Nikolo Skira.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli polshalik futbolchi «Roma» bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha dastlabki kelishuvga ega va klub «Legiya» bilan transferni yakunlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

U o‘tgan mavsumda klub safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter