Mbappe «Real Madrid»da «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda

Yaqinda Kilian Mbappe mavsum yakunida «PSJ»ni tark etishini e’lon qildi. Yulduz fransuz tez orada «Real» futbolchisiga aylanishi aniq bo‘ldi. Bu haqda Chempionlar ligasi finalidan so‘ng rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Madrid Universal nashrining xabar berishicha, Mbappe «Real Madrid»da ikkita muhim cho‘qqi Chempionlar ligasi va «Oltin to‘p»ni zabt etishni rejalashtirmoqda.

Xabaringiz bor, mish-mishlar Kilian Mbappeni ko‘p yillar davomida «Real»ga bog‘lab kelgan. O‘z vaqtida fransiyalik futbolchi Madrid superklubida o‘ynash istagi haqida gapirgandi. Mbappening orzusi ushaladigan payt yaqin qoldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter