«Roma» yulduzini maoshini oshirishni rejalashtirmoqda

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar olib boradi.

Argentinalik futbolchining rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning tovon puli xorijiy klublar uchun 12 million yevroni ko‘zda tutadi. Calciomercato xabariga ko‘ra, «Roma» oktyabr oyida Dibala bilan yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda. Ular 29 yoshli forvardga oshirilgan maosh taklif qilishga tayyor – hozirgi 4 million o‘rniga yiliga 6 million yevro. Bundan tashqari, tovon puli varianti ham olib tashlanishi kutilmoqda.

Paulo Dibala o‘tgan yozda «Roma»ga o‘tgan edi. Bu mavsumda futbolchi bir marta maydonga tushdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter