«Manchester Siti» yosh himoyachisi rasman boshqa klubga ijaraga berildi
Shotlandiyaning «Seltik» klubi Angliyaning «Manchester Siti» klubidan 19 yoshli markaziy himoyachi Jamay Simpson-Pusini ijaraga olganini e’lon qildi.
Kelishuv bir mavsumga mo‘ljallangan.
Simpson-Pusi «Seltik» safida to‘rtinchi raqam ostida harakat qiladi. O‘tgan mavsumda Jamay «Siti»ning asosiy jamoasi safida oltita o‘yinda maydonga tushdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/