Haftaning ahmoqona avtogoli (video)

CHL guruh bosqichi 5-turida eng ahmoqona golni «Seltik» qabul qilib oldi. Antiqahramon – himoyachi Kemeron Karter-Vikers.

 Shotlandiyaliklar «Bryugge»ga qarshi o‘yinning 26-daqiqada bosimdan chiqib ketishdi va bir necha uzatmalardan keyin to‘p Karter-Vikersga keldi. U esa darvozabon Kasper Shmeyxel o‘z hududidan biroz chetga chiqib ketganini payqamadi va darhol to‘pni u tomon yo‘naltirdi. Kiper bunga reaksiya bildirishga ulgurmadi va telbavor avtogol yuzaga keldi.

Bechora Karter-Vikers hammasini tezda tushundi, ya’ni to‘p dumalagancha darvoza ichiga kirishidan oldin boshini ushlab oldi. «Seltik» qolgan vaqt davomida qanchalik urinmasin, hisobni tenglashtirishdan nariga o‘tolmadi. Xullas, ahmoqona avtogol Belgiya klubining Glazgodan 1 ochko bilan qaytishida rosa asqotdi. 26 yoshli Karter-Vikers «Tottenxem» tarbiyalanuvchisi, lekin «shporlar»ning asosiy jamoasi rasmiy o‘yinida biror marta maydonga tushmagan. «Tottenxem»ning bir nechta o‘rtoqlik o‘yinida qatnashgan himoyachi keyinchalik asosan Angliya klublari bo‘ylab ijara safarlaridan bo‘shagani yo‘q. Avvaliga Chempionshipda «Sheffild Yunayted» sharafini himoyalash asosida professional darajada ilk tajribani o‘zlashtirgan futbolchi shundan so‘ng «Ipsvich», «Suonsi», «Stok Siti», «Luton» va «Born­mut»da faoliyat yuritdi. 

2021 yili yana ijara kelishuvi asosida «Seltik»da paydo bo‘lgan Kemeron Karter-Vikers keyingi mavsum oldidan Glazgo klubi bilan to‘laqonli shartnoma tuzdi. U hozirda Shotlandiya grandining asosiy tarkibida muqim joyga ega. Faqat jarohatlansa yoki diskvalifikasiyaga uchrasagina maydonga tushmaydi. Kemeron «Seltik»da allaqachon 150ta o‘yin marrasiga yetdi. Taqqoslash uchun, himoyachi oldingi barcha klublarida jami 127ta o‘yin o‘tkazgan. Mana, u endi CHLda ham o‘zini ko‘rsatdi, faqat bunda nyuanci bor… Bechora Karter-Vikers hammasini tezda tushundi, ya’ni to‘p dumalagancha darvoza ichiga kirishidan oldin boshini ushlab oldi. «Seltik» qolgan vaqt davomida qanchalik urinmasin, hisobni tenglashtirishdan nariga o‘tolmadi. Xullas, ahmoqona avtogol Belgiya klubining Glazgodan 1 ochko bilan qaytishida rosa asqotdi. 26 yoshli Karter-Vikers «Tottenxem» tarbiyalanuvchisi, lekin «shporlar»ning asosiy jamoasi rasmiy o‘yinida biror marta maydonga tushmagan. «Tottenxem»ning bir nechta o‘rtoqlik o‘yinida qatnashgan himoyachi keyinchalik asosan Angliya klublari bo‘ylab ijara safarlaridan bo‘shagani yo‘q. Avvaliga Chempionshipda «Sheffild Yunayted» sharafini himoyalash asosida professional darajada ilk tajribani o‘zlashtirgan futbolchi shundan so‘ng «Ipsvich», «Suonsi», «Stok Siti», «Luton» va «Born­mut»da faoliyat yuritdi. 

2021 yili yana ijara kelishuvi asosida «Seltik»da paydo bo‘lgan Kemeron Karter-Vikers keyingi mavsum oldidan Glazgo klubi bilan to‘laqonli shartnoma tuzdi. U hozirda Shotlandiya grandining asosiy tarkibida muqim joyga ega. Faqat jarohatlansa yoki diskvalifikasiyaga uchrasagina maydonga tushmaydi. Kemeron «Seltik»da allaqachon 150ta o‘yin marrasiga yetdi. Taqqoslash uchun, himoyachi oldingi barcha klublarida jami 127ta o‘yin o‘tkazgan. Mana, u endi CHLda ham o‘zini ko‘rsatdi, faqat bunda nyuanci bor…

Manba: «Интерфутбол» газетаси

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter