«Liverpul» yapon futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor

«Liverpul» 31 yoshli himoyachi Vataru Endoni sotishga tayyor. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yaponiyalik futbolchiga Shotlandiyaning «Seltik» klubi qiziqmoqda. Ta’kidlanishicha, mersisaydliklar yangi bosh murabbiyi Arne Slot tayanch zonasida Rayan Gravenberx va Stefan Baysetichdan foydalanishni afzal ko‘rmoqda.

Biroq Endoning «Seltik»ga o‘tishiga to‘siq futbolchining narxi bo‘lishi mumkin. “Liverpul” yarim himoyachini sotishdan 15 million funt (17,5 million yevro) ishlab olishni kutmoqda.

Yaponiyalik futbolchi 2023 yilning yozida “Liverpul”ga o‘tgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter