«Borussiya Dortmund» Sancho transferi ustida ishlamoqda
Dortmundning «Borussiya» klubi vinger Jeydon Sanchoni uchinchi bor jamoaga olib kelish bo‘yicha ish olib bormoqda. Sky Sports News xabariga ko‘ra, «asalarilar» hali «Manchester Yunayted»ga rasmiy taklif bilan chiqmagan, ammo shartlar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganmoqda.
Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» 25 yoshli Sanchoni sotishni ma’qul ko‘radi, ammo yana bir ijara variantini istisno qilmayapti. Shu bilan birga, «qizil iblislar» ijara shartnomasida sotib olish imkoniyatini ko‘rsatilishini xohlashadi.
O‘tgan mavsumda Sancho «Chelsi»da ijarada o‘ynagan, ammo London klubi futbolchini sotib olmaslikka qaror qilgandi. Jeydonning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/