«Borussiya» Sanchoning qaytarish haqida o‘ylamoqda
Dortmundning «Borussiya» klubi «Manchester Yunayted» vingeri Jeydon Sanchoga da’vogarlar safiga qo‘shilishi mumkin.
25 yoshli futbolchi uchun kurashda yaqindagina «Yuventus» favorit hisoblangandi, ammo turinliklar kelishuv shartlarini kelisha olishmadi. Endi Sanchoni «Borussiya» o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Jurnalist Patrik Bergerning ma’lum qilishicha, «asalarilar» vakillari ichki yig‘ilishda futbolchi nomzodini muhokama qilishgan.
Jeydon Sanchoning Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi – 28 mln yevro. «Qizil iblislar» taxminan 17-20 mln yevro so‘rashi kutilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/