Fratteziga qiziqishlar bor
Milanning «Inter» klubi xavbeki Davide Fratteziga hamon boshqa klublar qiziqish bildirmoqda.
Italiyalik «neradzurrilar» safini tark etishi mumkin edi, chunki Simone Inzagi davrida u asosiy tarkibda doimiy o‘ringa ega emas edi, ammo Kristian Kivuning kelishi bilan vaziyat o‘yinchi uchun yaxshi tomonga o‘zgardi.
Jurnalist Matteo Morettoning yangilangan hisobotidagi ma’lumotlarga ko‘ra, «Inter» hamon Frattezi bilan shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamoqda, ammo boshqa klublar ham futbolchini o‘z safida ko‘rishni istaydi va vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.
Frattezining Transfermarkt portalidagi narxi – 35 mln yevro. 25 yoshli yarim himoyachining «Inter» bilan mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/