«Inter» APL klubidan Frattezi uchun 50 million yevro so‘ramoqda
Milanning «Inter» klubi yarim himoyachi Davide Frattezi bilan xayrlashmoqchi emas.
25 yoshli futbolchi «neradzurrilar»ning asosiy tarkibiga kira olmayapti va mish-mishlarga ko‘ra, jamoani tark etish haqida o‘ylayapti.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, «Nyukasl» allaqachon Frattezini sotib olishga qiziqish bildirgan, «Manchester Yunayted», «Tottenxem» va «Roma» ham vaziyatni kuzatib borishmoqda. «Inter» yarim himoyachini qo‘yib yuborish niyatida emas, shuning uchun u uchun katta summa – 50 million yevro so‘rashmoqda. Qayd etilishicha, Milan grandi rahbariyati joriy tarkibni hech bo‘lmaganda kelayotgan yozgacha saqlab qolishni rejalashtirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/