«Real» Lunin o‘rniga fransuz darvozaboni bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi
Madridning «Real» klubi Fransiyaning «Lill» klubi darvozaboni Lyuka Shevalyeni nishonga oldi. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida ma’lum qilindi.
Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» 23 yoshli darvozabonni yozgi transfer oynasida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin bo‘lgan ukrainalik Andrey Luninning o‘rniga ko‘rib chiqmoqda.
Shevalye «Lill» bilan 2027 yil iyun oyi oxirigacha shartnoma majburiyatlari bilan bog‘langan. Futbolchining transfer narxi 30 million yevroga baholanmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/