Bundesliga yulduzi APLdan o‘ziga klub tanladi

«RB Leypsig» hujumchisi Benyamin Sheshko yaqin transferlar davrida klubini o‘zgartirishga umid qilmoqda.

21 yoshli futbolchiga «RB Leypsig» bilan muzokaralar olib borayotgan Londonning «Arsenal» klubi da’vogarlik qilmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, sloveniyalikning o‘zi «to‘pchilar» safiga o‘tishni xohlaydi. Muammo o‘sha-o‘sha – 80 million yevrolik narx, ehtimol, ingliz grandi uni juda katta deb hisoblaydi.

Benyamin Sheshko o‘tgan mavsumda «qizil buqalar» safida 46 ta o‘yinda 21 ta gol urdi, shuningdek, yosh hujumchi hisobida oltita assist mavjud. Futbolchiga da’vogarlar orasida «Manchester Yunayted» va «Chelsi» ham bor edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter