Kuadradoning yangi jamoasi nomi ma’lum bo‘ldi
Xuan Kuadrado «Piza» futbolchisiga aylanadi.
Jurnalist Janluka Di Marsioning ma’lum qilishicha, 37 yoshli himoyachi klub bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
U «Atalanta» bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agent sifatida jamoaga qo‘shildi.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Piza» A Seriyada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Kuadrado «Atalanta»da bir mavsum o‘tkazdi. U Italiya chempionatida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/