Afrika kubogida pley-offning 12 ishtirokchisi nomi ma’lum bo‘ldi

Afrika Millatlar kubogining 3-turidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin kuni yakunlandi. Uning natijalariga ko‘ra turnirning pley-off bosqichining olti nafar ishtirokchisi aniqlandi.

Turnirning pley-off bosqichida ishtirok etishni Senegal, Kamerun, Angola, Mavritaniya, Gvineya va Burkina-Faso terma jamoalari kafolatladi. Bungacha Ekvatorial Gvineya, Nigeriya, Kabo-Verde, Marokash, Mali va Misr terma jamoalari turnirning final qismiga yo‘l olgandi.

Shu tariqa, Afrika millatlar kubogi 1/8 finalining ilk juftliklari malum bo‘ldi. Nigeriya terma jamoasi Kamerun termasiga qarshi, Kabo-Verde Mavritaniya bilan, Ekvatorial Gvineya esa Gvineya terma jamoasi bilan o‘yinda turnirning chorak finaliga chiqish uchun kurash olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter