Jeko «Fiorentina» bilan qachon shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

39 yoshli hujumchi Edin Jeko tez orada Italiyaning «Fiorentina» klubi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Jeko bugun kechqurun Italiyaga yetib keladi, payshanba kuni esa shartnoma imzolaydi va «Fiorentina»ning yangi futbolchisiga aylanadi. Manbaga ko‘ra, mehnat shartnomasi yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir mavsumga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Jeko 2024/25 yilgi mavsumni «Fenerbaxche» safida o‘tkazdi, ammo shartnomasi tugagach, jamoani tark etdi. Uning hisobida 53 ta o‘yin, 21 ta gol va sakkizta golli uzatma bor.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda Jeko ikki million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter