«Yuventus» Kyezani qaytarmoqchi emas

«Liverpul» vingeri Federiko Kyeza yozda «Yuventus»ga qaytmaydi.

Italiyalik futbolchiga Angliyadagi bir yil yetarli bo‘lgan ko‘rinadi: u joriy transferlar oynasi yopilgunga qadar Italiyaga qaytishni istamoqda. A Seriya klublari ko‘pincha jarohatlardan aziyat chekadigan 27 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga shoshilmayapti. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, «Yuventus» Kyezani taklif qilish haqida o‘ylamayapti. Turinliklar hujum qanotini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda, ammo boshqa futbolchi – «Manchester Yunayted» vakili Jeydon Sanchoni ma’qul ko‘rmoqda.

Federiko Kyeza o‘tgan yilning avgustida «Yuventus»ni tark etgandi. Yevropa chempionining transferi «Liverpul»ga 12 mln yevroga tushgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter