«Yuventus» Kyezani «Roma» hujumchisiga almashtirmoqchi

Turinning «Yuventus» klubi «Roma» bilan o‘yinchi almashishi mumkin. Tuttosport xabariga ko‘ra, «Jallorossi» Federiko Kyeza uchun «keksa senyora»ga ma’lum miqdorda pul va hujumchisi Stefan El-SHaaravini taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Milanning “Inter” klubi ham Kyeza xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va Davide Frattezini “Yuventus”ga almashtirishga tayyor. Federiko hali faoliyatini davom ettirishning ustuvor varianti haqida bir qarorga kelmagan.

Hozirda Kyezaning «Yuventus» bilan shartnomasi tugashiga bir yil bor, shuning uchun «keksa senyora» italiyalikni sotishga tayyor, chunki bir yildan keyin u jamoani tekinga tark etishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter