«Real» Trentdan mamnun
Madridning «Real» klubida ortda qolgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning o‘yinlariga yuqori baho berilmoqda.
Yaqinda OAVda «qaymoqranglilar» murabbiylar shtabidagilar inglizning himoyadagi kuchsiz o‘yinidan xavotirga tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Marca gazetasi butunlay boshqa ma’lumotlar bilan bo‘lishdi: manbaning ta’kidlashicha, «Real» klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida beshta o‘yin o‘tkazgan va ikki marta sheriklariga golli uzatma bergan yangi futbolchining o‘yinlaridan juda mamnun. Bosh murabbiy Xabi Alonso 26 yoshli futbolchiga o‘zining taktik tizimida asosiy o‘rin ajratadi.
Aleksandr-Arnold «Real»ga iyun oyi boshida «Liverpul»dan 10 mln yevro evaziga o‘tgan va ispan grandi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/