Klopp «Liverpul» muxlislarining Trentga hushtakbozlik qilishganini qoraladi

«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldning Madridning «Real» klubiga o‘tgani va «qizillar» muxlislarining bunga salbiy munosabat bildirgani haqida gapirdi.

«Uning ketishidan hafsalam pir bo‘lmadi demayman, ammo u klub uchun nimalar qilganini unutmang. Hushtak chalishayotganini eshitib, televizorimni o‘chirib qo‘ydim. Men juda xafa bo‘ldim… Bu biz emasmiz,» – deya Kloppning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano o‘z sahifasida.

Trent – «Liverpul» tarbiyalanuvchisi. U 2016 yildan beri asosiy jamoada o‘ynab kelmoqda. Aleksandr-Arnold yozda erkin agent sifatida «Real»ga o‘tishi kutilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter