Trent: «Barchangizga chin yurakdan rahmat, men o‘z shahrimni yaxshi ko‘raman»

Himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldning «Real» futbolchisiga aylanishiga sanoqli kunlar qoldi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda 26 yoshli futbolchi «Liverpul»ning chempionlik paradidan bir nechta fotosuratlarni joylashtirdi. Trent bu suratlarni Mersisayd klubi muxlislariga murojaat bilan birga taqdim etdi.

«Barchangizga chin yurakdan rahmat, men o‘z shahrimni yaxshi ko‘raman,» deb yozgan Trent.

Avvalroq, «Real» iyun oyi boshida Trent Aleksandr-Arnoldni o‘z safiga qo‘shib olishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Angliyalik futbolchi Madrid jamoasidagi debyutini AQSHda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘tkazishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter