«Flamengo» va «Arsenal» Jezus bo‘yicha muzokara olib borgani yo‘q
Ayni paytda «Flamengo» va «Arsenal» o‘rtasida hujumchi Gabriel Jezus bo‘yicha muzokaralar olib borilmayapti, deya xabar bermoqda Fabrisio Romano.
Avvalroq, 28 yoshli braziliyalik futbolchi klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shuningdek, Yevropaning bir nechta klublari allaqachon futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan, biroq yakuniy qaror keyinga qoldirilmoqda – birinchi navbatda sog‘lig‘i tufayli. Yevropa jamoalaridan tashqari, Braziliya klublari ham uni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Shunga qaramay, Yevropada ham, Janubiy Amerikada ham Jezusning to‘liq tiklanishini kutishmoqchi, shuning uchun qishki transfer oynasidagi kelishuv haqiqatga yaqinroq ko‘rinadi.
Gabrielning «Arsenal» bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda 28 yoshli hujumchi 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/