«An-Nasr» «Chelsi»ni qanday summa bilan rozi qilgani ma’lum bo‘ldi

Londonning «Chelsi» klubi hujumchi Joau Feliksni «An-Nasr»ga sotishga juda yaqin. Saudiya klubi 25 yoshli futbolchi uchun raqobatga qo‘shildi va ilgari asosiy da’vogar hisoblangan «Benfika»ni ortda qoldirishga erishdi. Jurnalist Pedru Almeydaning aytishicha, «An-Nasr» portugaliyalik uchun 50 million yevro taklif qilgan. Chamasi, «Chelsi» bu summaga rozi bo‘ladi, forvardning o‘zi ham transferga ochiq.

Shunday qilib, «Chelsi» Feliksni o‘tgan yili Madridning «Atletiko»sidan 52 million yevroga sotib olgan pulini deyarli qaytarib oladi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini futbolchi «Milan»da o‘tkazdi – «rossonerilar» «ko‘klar»ga ijara uchun 5 million yevrodan ortiq to‘lagan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter