Ronaldu va Feliks endi jamoadosh bo‘ladi: «An-Nasr» 48 soat ichida transferni yopadi
«Chelsi» hujumchi Joau Feliksni «An-Nasr»ga sotmoqda. Klublar portugaliyalik futbolchining transferi shartlari bo‘yicha deyarli kelishib olishgan, bu haqda biroz oldin ma’lum bo‘lgandi. Bu ma’lumotni taniqli insayder Fabrisio Romano ham tasdiqladi, u tomonlar bitimning barcha tafsilotlarini yaqin 24-48 soat ichida hal qilish niyatida ekanligini ta’kidladi.
«An-Nasr» Joau Feliksni «Benfika»dan tortib oldi. Lissabon klubi 25 yoshli forvard uchun kurashda favorit hisoblangan, ammo moliyaviy masalada saudiyaliklar bilan raqobatga dosh bera olmadi.
Joau Feliks «Chelsi»ga o‘tganiga atigi bir yil bo‘lgandi. Fevraldan maygacha futbolchi «Milan»da ijarada o‘ynagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/