«Barselona» Feliks uchun ikki futbolchini sotishi kerak
«Barselona» «Atletiko Madrid» hujumchisi Joau Feliksni sotib olish g‘oyasini qayta ko‘rib chiqishga tayyor.
23 yoshli futbolchi faoliyatini Kataloniyada davom ettirmoqchi, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyati uni taklif qilishga qiziqmoqda, ammo klubning moliyaviy qiyinchiliklari tufayli hozircha taklif bilan chiqa olmaydi. Sport.es xabariga ko‘ra, «Barselona» yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida Feliksni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi, agar bunga qadar Abde Ezzalzuli va Ansu Fati sotilsa.
«Atletiko» agar shartnomada keyinchalik sotib olish imkoniyati mavjud bo‘lsa, Joau Feliksni ijaraga berishga tayyor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/