“Barselona” yanvar oyida Feliks va Kanseluni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi Joau Feliksni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

«Mundo Deportivo» nashrining xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” “Atletiko”dan ijaraga olingan Feliksni sotib olish asosiy vazifalardan biri deb hisoblamoqda. Xuddi shu vazifa Joau Kanseluga ham tegishli. Kanseluning transfer huquqi “Manchester Siti”ga tegishli.

Kataloniyaliklar ikki futbolchining narxi qimmatlashib ketmasidan oldin, yanvar oyidayoq transfer bo‘yicha muzokaralarga kirishmoqchi.

“Atletiko” Feliks uchun 80 million yevro xohlamoqda. “Manchester Siti” esa Kanselu uchun 25 million yevro narx qo‘ygan. Ispaniyaning amaldagi chempioni futbolchilarni 40 va 15 millionga olishni rejalashtirgan.

Manba: daryo.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter