«Real» rahbariyatining bu transferdan umidi katta
Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen yangi jamoasida o‘zini tezda ko‘rsata oldi.
20 yoshli futbolchi iyun oyi boshida «Bornmut»dan «qaymoqranglilar» safiga qo‘shilgandi. Futbolchi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Xabi Alonso jamoasining beshta o‘yinida maydonga tushgan. «PSJ» bilan yarim finalda madridliklar 0:4 hisobida yutqazdi va muvaffaqiyatsizlik sabablaridan biri yangi futbolchining yo‘qligi hisoblanadi – u diskvalifikasiya tufayli uchrashuvni o‘tkazib yubordi.
«Real»dagilar Xyoysendan juda mamnun, deya xabar bermoqda Diario AS. Klubdagilar futbolchi ulkan salohiyatga ega va u «davr himoyachisi»ga aylanishi kerakligiga ishonishadi. Hozirning o‘zidayoq ispaniyalik o‘zining noyob qobiliyatlari tufayli Xabi Alonso loyihasida almashtirib bo‘lmaydigan shaxs hisoblanadi. Manba, shuningdek, «Real» muxlislari e’tirof etayotgan yangi yulduzning mashg‘ulotlardagi mashaqqatli mehnatini ham qayd etib o‘tgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/