FIFA sobiq hakami: «Neymar bu borada afsona edi»

FIFAning sobiq toifadagi hakami Feliks Brix faoliyatidagi eng asosiy simulyator haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hozirgi davrda «simulyantlar»ga qiyinroq bo‘lmoqda, axir VAR tizimi bor. Mening davrimda Neymar afsona edi. Uning yuzidagi his-tuyg‘ular qanchalik kuchli bo‘lsa, men shunchalik xotirjam edim. Axir jarohat olgan futbolchi maydonda dumalash o‘rniga harakatsiz holatda bo‘ladi,» – deya Brixning so‘zlarini keltiradi Focus nashri.

Neymar o‘tmishda «Barselona» va «PSJ» klublarida to‘p tepgan, shundan so‘ng «Al-Hilol»ga o‘tgan va jarohatlar sabab deyarli o‘ynamagan. Hozirda u Braziliyaning «Santos» klubi sharafini himoya qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter