Neymar xato qilganini 2 oyda anglab yetgan

Turli manbalarga ko‘ra, Neymar «Barselona»ga o‘tmoqchi.

Yaqinda ommaviy axborot vositalarida braziliyalikning Kataloniyaga qaytish istagi va Joan Laportaning yuqori darajadagi kelishuvni amalga oshirishga tayyorligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Jurnalist Xoakim Pyeraning so‘zlariga ko‘ra, Neymar 2017-yilda – 222 million yevro evaziga «PSJ»ga shov-shuvli transfer qilinganidan ikki oy o‘tib “Barselona”ga qaytish haqida o‘ylay boshlagan. Hujumchi “ko‘k-anorrvnglilar” safini tark etib, xatoga yo‘l qo‘yganini tezda angladi.

Parijda o‘ynagan olti yil davomida Neymar Liga 1 grandi uchun barcha musobaqalarda 173 ta o‘yin o‘tkazib, 118 ta gol urgan va 77 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter