«Trabzonspor»ga o‘tmagan Saul Braziliya klubi bilan shartnoma imzolaydi

Yarim himoyachi Saul Niges Madridning «Atletiko» klubidan Rio-de-Janeyroning «Flamengo» klubiga o‘tadi.

Braziliya klubi 30 yoshli ispaniyalik futbolchi oilaviy sharoiti tufayli Turkiyaning «Trabzonspor» klubiga o‘tishdan bosh tortganidan keyin u bilan kelishuvga erishdi.

«Flamengo» Nigesga uch yillik shartnoma taklif qildi. Bitim tez orada rasmiylashtiriladi.

Saul o‘tgan mavsumda «Sevilya» safida ijarada o‘ynagan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter