«Zenit» «PSJ» hujumchisi uchun 40 million yevro taklif qildi, ammo…

«Zenit» Yugo Ekitikeni sotib olishga harakat qildi.

L’Equipe nashrining ta’kidlashicha, peterburgliklar hujumchi uchun og‘zaki 40 million yevro taklif qilishgan, biroq transfer muhokamasi shu bilan yakunlangan.

Shuningdek, 21 yoshli fransiyalik futbolchini “Vest Xem” va “Kristal Pelas” ijaraga olishga uringan, ammo yakunda Ekitike “PSJ”da qoldi.

Ekitike o‘tgan mavsumda Liga 1da 25 o‘yinda 3 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter