«Barselona» Frenki de Yongning maoshini oshiradimi?
«Barselona» yarim himoyachi Frenki de Yong bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, Kataloniya grandi niderlandiyalik futbolchining maoshini oshirmoqchi emas. «Ko‘k-anorranglilar»gilar so‘nggi yillarda de Yongga ortiqcha pul berilgan deb hisoblamoqda. Bu haqda jurnalist Luis Roxoga tayanib, Transfer News Live xabar berdi.
Frenki de Yong «Barselona» safida 2019 yil yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. O‘shandan beri niderlandiyalik 259 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va sheriklariga 23 ta golli uzatma bergan.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 2025/2026 yilgi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/